Для инвесторов
Ilovani yuklab oling
Iman Invest ni o'rnatish uchun QR kodini skanerlang va o'z mablag'ingizni shariatga mos ravishda osongina boshqaring.
QR kodini skanerlang
Сканируйте QR-код, чтобы установить Iman Invest и легко управлять финансами по-шариатски.
Загрузить приложение
Сканируйте QR-код
Scan the QR code to install Iman Invest and easily manage your finances in a Shariah compliant manner
Download the app
Scan the QR code
Maxfiylik siyosati
«IMANUM» mobil ilovasining maxfiylik siyosati
Toshkent sh. 1-iyul 2025-yil
Mazkur hujjat «IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO» KT (keyingi o‘rinlarda “Shirkat” yoki “Platforma boshqaruvchisi” deb yuritiladi) ning «IMANUM» platformasidan foydalanuvchilar (bundan keying matnda “Foydalanuvchi”, deb yuritiladi) tomonidan amal qilinishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiylik siyosati (bundan keyin matnda “Siyosat”, deb yuritiladi) ga oid rasmiy taklif hisoblanadi.

«IMAN HALAL INVESTMENTS KOMMANDITNOE TOVARISHESTVO» KT (keyingi o‘rinlarda “Shirkat” yoki “Platforma boshqaruvchisi”shir deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O'RQ-547-sonli «Shaxsga doir ma’lumotlar to'g'risida» gi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan va “Foydalanuvchi”larning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash shartlari, tartibini belgilaydi, Siyosatda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qanday to‘plash, qayta ishlash va saqlash tartibi belgilangan. “Foydalanuvchi” tomonidan “IMANUM” platformasi yuzasidan ommaviy oferta shartlari qabul qilinib, platformadan foydalanish boshlanishi, u tomonidan “Siyosat” so‘zsiz qabul qilinganligini anglatadi. “Foydalanuvchi” ommaviy ofertani aksept qilgan paytdan boshlab “Siyosat” bo‘yicha shartlar ham qabul qilingan hisoblanadi. Agar “Foydalanuvchi” mazkur “Siyosat” shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda u platforma resurslaridan foydalanmasligi kerak.
Bu rozilik faqat “Shirkat”ga emas, ilova bilan bog‘langan barcha boshqa shaxslarga (masalan, hamkor tashkilotlar, xizmat ko‘rsatuvchi texnik provayderlar) ham taalluqli bo‘ladi. Mazkur “Siyosat” da to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha hollarda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ish muomalasi odatlariga rioya qiladilar.

“Siyosat” “IMANUM” platformasi (bundan keyin matnda “Platforma” deb yuritiladi) yoki shu platformaga aloqador boshqa ilovalardan foydalanish chog‘ida “Foydalanuvchi” haqida olingan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.


I. Atamalar va ta’riflar
1.1. Ushbu Siyosatda quyidagi atamalar qo'llaniladi:
shaxsiy ma'lumotlar - elektron, qog'oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchilarda qayd etilgan, muayyan jismoniy shaxsga tegishli yoki uni aniqlash imkonini beradigan ma'lumotlar;
shaxsiy ma'lumotlar subyekti (foydalanuvchi) - shaxsiy ma'lumotlar tegishli bo'lgan jismoniy shaxs;
shaxsiy ma'lumotlar bazasi - shaxsiy ma'lumotlarni o'z ichiga olgan axborot tizimi shaklidagi ma'lumotlar jamlanmasi;
shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash - shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, qo'shish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxsiylashtirish va yo'q qilish bo'yicha bir yoki bir qator harakatlarni amalga oshirish;
«IMANUM» – www.imanum.app internet manzilidagi saytda joylashtirilgan va/yoki Google Market va App Store’dan yuklab olish mumkin bo‘lgan mobil ilovalar orqali faoliyat yurituvchi platforma. Mahsulotlarning offline va online savdolari, sarmoya kiritsh, P2P to’lovlari, ko’chmas mulklar uchun sarmoya kiritish IMANUM platformasi orqali amalga oshiriladi.
uchinchi shaxs - subyekt, mulkdor va (yoki) operator bo'lmagan, lekin shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha holatlar yoki munosabatlar bo'yicha ular bilan bog'langan har qanday shaxs.

II. “Foydalanuvchi”ning shaxsiy ma'lumotlari
2.1. Mobil ilovadan foydalanganda “Foydalanuvchi” tomonidan taqdim etiladigan va ilova tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar:

2.1.1. Shaxsiy ma’lumotlar:
“Foydalanuvchi”ning telefon raqami;
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (ID karta);
“Foydalanuvchi”ning selfi rasmi (yuz tasviri);
To‘lov kartalari haqidagi ma’lumotlar.

2.1.2. Moliyaviy operatsiyalarga doir ma’lumotlar:
To‘lov kartalari haqidagi ma’lumotlar.

2.1.3. Ma’lumotlarni yig‘ish tartibi:
Ushbu ma’lumotlar foydalanuvchining ilovada ro‘yxatdan o‘tishi jarayonida, “Ommaviy oferta” va “Maxfiylik siyosati” shartlarini qabul qilganidan so‘ng, «Foydalanuvchi»ning shaxsiy telifon raqamiga bir martalik yuboriladigan  parol (OTP) orqali tasdiqlanadi.
Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashga rozilik beradi, agar foydalanuvchi ma’lumot yig‘ishga rozilik bermasa, u ilovadan ro‘yxatdan o‘ta olmaydi va xizmatlardan foydalana olmaydi.

2.1.4. Qurilmaga kirish huquqi:
“IMANUM” ilovasi foydalanuvchidan faqat xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan qurilma ma’lumotlarini so‘raydi. Ilova funksional zaruratdan tashqari shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘maydi.

2.1.5. Akkaunt boshqaruvi:
Foydalanuvchi ilovadagi “Sozlamalar” orqali istalgan vaqtda:
Ilovadan chiqishi (“Log out”) mumkin.

2.2. SDKlardan foydalanish va ma’lumotlar almashinuvi:
“Foydalanuvchi”ning ma’lumotlari quyidagi xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar bilan cheklangan doirada ulashiladi:
AppMetrica — marketing tahlili va foydalanuvchining xatti-harakatlarini tahlil qilish uchun;
CredoLab Pte Ltd — foydalanuvchining to’lovga layoqatliligini KATM orqali shaxsga doir ma’lumotlar, xususan:
CredoLab tomonidan qayta ishlanadigan shaxsga doir ma’lumotlar, xususan:
  • Passport ma’lumotlari (PINFL/ID);
  • Bank kartalari;
CredoLab maxfiylik siyosati:
https://www.credolab.com/privacy-policies/gdpr-privacy-policy 

2.4. Uchinchi tomon sayt va ilovalari:
“Foydalanuvchi”ning shaxsiy ma’lumotlari faqat IMANUM ilovasida himoyalanadi, agar foydalanuvchi boshqa ilova yoki saytga o‘tsa, ular siz haqingizda har qanday ma’lumot to‘plashi uchun IMANUM javobgar emas.

III. «Foydalanuvchi»larning shaxsiy ma'lumotlarini to'plash va qayta ishlash maqsadlari
“Foydalanuvchi”ning selfi rasmi davlat axborot bazalari bilan solishtiriladi.
SMS ma’lumotlari faqat foydalanuvchining “Ommaviy oferta”ni tasdiqlashi bilan tahlil qilinadi.

IV. Ma’lumotlarni saqlash va o‘chirish tartibi
“Foydalanuvchi”shaxsiy ma’lumotlari faqat vakolatli davlat organlarining qonuniy so‘rovi asosida taqdim etilishi mumkin va bunday hollarda ham maxfiylik va xavfsizlik talablari asosida saqlanadi. 
“Chiqish” (Log out) funksiyasi akkauntni tizimdan o‘chirmaydi, shaxsiy ma’lumotlar saqlanib qoladi.

V. Rozilikni bekor qilish tartibi
“Foydalanuvchi”shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik bermasa, “IMANUM” mobil ilovasidan foydalana olmaydi, agar foydalanuvchi rozilik bergan bo‘lsa, u istalgan vaqtda bu rozilikni bekor qilishga haqli. Bunda:
Ilovadan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi

IV. Uchinchi shaxslarga «Foydalanuvchi» ma'lumotlarini taqdim etish

4.1. Shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi
“Platforma boshqaruvchisi” «Foydalanuvchi»ga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga (ya’ni “Platforma boshqaruvchisi” bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarga) taqdim etmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

4.1.1. «Foydalanuvchi»ning roziligi mavjud bo‘lsa.
Agar “Foydalanuvchi” ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga, jumladan boshqa “Foydalanuvchilar”ga taqdim etishga rozilik bildirgan bo‘lsa, “Platforma boshqaruvchisi” ushbu rozilik asosida ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.

4.1.2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda.
«Platforma boshqaruvchisi» «Foydalanuvchi»ning shaxsiy ma’lumotlarini davlat organlariga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga taqdim etishi mumkin, agar bu quyidagi holatlarda zarur bo‘lsa:
  • qonunchilik talablariga rioya qilish;
  • sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonuniy so‘rovlariga javob berish;
  • firibgarlik, xavfsizlik buzilishi, yoki boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish yoki ularni tekshirish.

V. «Foydalanuvchi» tomonidan shaxsiy ma'lumotlarning o'zgarishi.
5.1. «Foydalanuvchi» o'zi taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlarni yoki uning bir qismini istalgan vaqtda o'zgartirishi (yangilashi, to'ldirishi) mumkin.

5.2. “Platforma boshqaruvchisi” «Foydalanuvchi»ning ma'lumotlarini qayta ishlash jarayonida, shu jumladan, yangilash, o'zgartirish, tarqatish, taqdim etish, kirishga ruxsat berilishi, shaxsiylashtirish, shaxsiy ma'lumotlarni yo'q qilish, va olingan ma'lumotlarning maxfiyligini buzishga yo'l qo'ymaydi.

VI. Maxfiylik siyosatini o'zgartirish.
6.1. “Platforma boshqaruvchisi” istalgan vaqtda ushbu Siyosatga bunday o'zgartirishlar kiritilgan sanani ko'rsatgan holda o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

6.2. “Siyosat”ning yangi tahriri, agar “Siyosat”ning yangi tahririda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, u arizada va “Platforma boshqaruvchisi”ning  veb-saytida joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

6.3. “Platforma boshqaruvchisi” “Foydalanuvchi”larga “Siyosat”ga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risida platforma orqali xabar beradi. “Foydalanuvchi” “Siyosat”dagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, platformadan foydalanishni to‘xtatishi shart.

6.4. “Platforma boshqaruvchisi” “Foydalanuvchi”larga ushbu Maxfiylik siyosatining yangilangan versiyalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish maqsadida unga doimiy ravishda murojaat qilishni tavsiya etadi.

6.5. Ushbu Siyosat, shuningdek, undan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq foydalanuvchi va “Platforma boshqaruvchisi” o‘rtasidagi barcha huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi. Bunda, xususan, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun, Fuqarolik kodeksi hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qo‘llaniladi.