IMANUM — bu IMAN kompaniyasi ishlab chiqqan yangi ekotizim bo‘lib, unda inson hayoti uchun kundalik zarur barcha yechimlar bir joyda jamlangan. Barcha yechimlar Islom moliyasi tamoyillariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Ilova orqali siz investitsiya, jamg‘arma, nasiya, premial tovarlar marketpleysi, pul o‘tkazmalari, moliyaviy salomatlik, byudjet nazorati va SNBL funksiyalaridan foydalanishingiz mumkin.